Lukashenko Belarus xalqi va parlamentiga yillik murojaatida uning asri tugayotganini aytdi.
“Ko‘pchilik Lukashenko ushbu Konstitutsiyani o‘zi uchun yaratganini aytadi. Kechirasiz, men buni qilmadim. Ishoning, mening davrim tugayapti. Va men o‘zim uchun hech qanday konstitutsiya tuzmayman.
Men, ular aytganidek, bu rahbarlik kursisiga yopishib olgan holda, bu kuchni ushlab turaman deb o‘ylamang. Men bu borada mutlaqo samimiyman. Siz vaziyatni ko‘rasiz. Ko‘pchilik Lukashenkoning ketishini xohlaydi. Va agar ular mening u yerda bo‘lmasligimni xohlasalar, buning aksini qilish kerak. Bu mening prinsipim”, — dedi Lukashenko.
Shuningdek, u irsiyat, davomiylik haqidagi har qanday gap-so‘zlarni to‘xtatish kerakligining taʼkidladi.
Bundan tashqari "Mening bolalarim prezident bo‘lmaydi", deb qo‘shimcha qildi respublika rahbari.


