Lionel Messining 2022-yilgi jahon chempionatida kiygan futbolkalar kolleksiyasi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
6 ta futbolkadan iborat kolleksiya kamida 10 million dollarga sotilishi kutilmoqda. Bu sport olamidagi auksionlar bo‘yicha yangi rekord bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, futbolkalar kolleksiyasida Messining Fransiyaga qarshi jahon chempionati final uchrashuvida kiygan futbolkasi ham joy oladi.
Ma'lumoy o'rnida: Hozirda sport bilan bog‘liq eng qimmat buyum Maykl Jordanning 1998 yilgi NBA finalidagi 1-o‘yin formasi hisoblanadi. U kimoshdi savdosida 8,1 million funt sterlingga sotilgan edi.
Diyego Maradonaning JCH-1986 chorak final libosi anonim xaridorga 7,1 million funt sterlingga tushgan.
Qayd etilishicha, Messining futbolkalari kolleksiyasini sotishdan tushgan mablag‘ning bir qismi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.