Magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani munosabati bilan tabiiy gazdan oqilona foydalanish hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ta’minlash maqsadida bir qator zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma'lum qildi.
Xususan, birinchi navbatda aholi xonadonlari, jamoat transporti hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8-yanvardan boshlab metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi.
Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti gaz bosimi darajasidan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.


