Maʼlum qilinishicha, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida metropoliten hududida chaqiruv tugmalari o‘rnatilmoqda.
Fuqarolar ushbu tugmani bosish orqali metropoliten xodimlari bilan bog‘lanib, huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berishi yoki yordam so‘rashi mumkin.
Taʼkidlanishicha, metrodagi videokamera va dinamiklar yordamida xodimlar murojaatchi bilan audio-videoaloqa o‘rnatadi. Barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda tizimda qayd etiladi. Bu yo‘lovchilarning murojaatlariga tezkor javob qaytarish imkonini beradi.
“Xodimlar tomonidan tun-u kun situatsion tahlil markazining metro bekatlariga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari orqali kelib tushayotgan xabarlarni aniqlash, tezkorlik bilan bartaraf etish va shubhali ko‘ringan yo‘lovchilarning xatti-harakatlari kuzatib borilmoqda”,- deyiladi xabarda.


