So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Xususan, ushbu davlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda.
"Shu munosabat bilan, ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.


