1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mikroavtobus haydovchisi 29 ta jarima to‘ladi

Uning miqdori o'n million so'mdan ortiqni tashkil etgan.

Mikroavtobus haydovchisi 29 ta jarima to‘ladi

 

Avtotransport boshqarayotgan shaxs nafaqat o‘zining, yo‘lda harakatlanayotgan boshqa shaxslarning hayoti uchun ham javobgar ekanini unutmasligi lozim. Yo‘llarda harakatlanish tartib qoidalariga rioya etish ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushishdan asraydi.

 

Jarimalarni qo‘llash va undirishdan asosiy maqsad ham qoidabuzarliklarni kamaytirishga qaratilgandir.

 

Asaka tumanida istiqomat qiluvchi Z.M. ham boshqaruvidagi JAC M3 mikroavtobusida muntazam tezlikni oshirib, qoidabuzarliklar sodir etgan. Yo‘l qoidalariga amal qilmagani sabab jami 29 marotaba maʼmuriy jarimaga tortilgan.

 

MIBning ijro harakati davomida ushbu shaxsdan sodir etgan qoidabuzarliklari uchun 10 mln. so‘mdan ziyod jarima pullari undirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика