1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Milliarderlar "jangi" tobora avj olmoqda

Mask Sukerbergni plagiatda aybladi.

Milliarderlar "jangi" tobora avj olmoqda

 

Ilon Mask omma oldida Mark Sukerbergni plagiatda aybladi va ular o'rtasidagi mojaro shaxsiyga aylanganini aytdi

 

Mask bu haqda Sukerbergning Meta kompaniyasi Twitter’ning tijorat sirlaridan Threads yangi ijtimoiy tarmog‘ini yaratishda foydalangani haqida shubha bildirganidan keyin gapirgan.

 

"Men Twitter'ga 44 milliard dollar sarfladim va Sukerberg shunchaki uni nusxalashga qaror qildi. Endi bu shaxsiydir”, — deb yozdi Mask o‘z sahifasida.

 

Shuningdek, u hali ham Sukerberg bilan jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi. "Qafasda ko'rishguncha", deb xulosa qildi milliarder.

 

Avvalroq Mask Sukerberg bilan jangga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘rta va yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Pyer bilan mashg‘ulot o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Ayni vaqtda Italiya Madaniyat vazirligi Kolizeyda milliarderlar duelini o‘tkazishni taklif qilgan. Mask va Sukerberg bu tashabbusni qabul qilishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика