Milliy gvardiya xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi.
Unga ko‘ra, Milliy gvardiya organlarining xodimlariga mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish, voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish kabi maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi.
Ushbu Qonun eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


