1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Milliy musiqa sanʼati klasteri yaratiladi

Madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvi kengaytirilmoqda.

Milliy musiqa sanʼati klasteri yaratiladi

 

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:
 

  • Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi;

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.


Shuningdek, Madaniyat vazirligi tizimida quyidagi yangi muassasalar tashkil qilinadi:

 

  • “O‘zbekteatr” davlat muassasasi;

  • “Madaniyat taʼlimi markazi” davlat muassasasi.

 

Madaniyat va sanʼat sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Madaniyat va sanʼat sohasida taʼlimni tizimli isloh qilish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi, jumladan:

 

  • milliy musiqa sanʼati klasteri yaratiladi;

  • davlat musiqali, drama hamda qo‘g‘irchoq teatrlarida yagona repertuar strategiyasi asosida “ustoz-shogird” anʼanalari va mahorat maktablari asosida taʼlim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


2023 yil 1 sentyabrdan:
 

  • bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etiladi;

  • musiqa cholg‘uchiligi va ashula ijrochiligi bo‘yicha pullik maxsus kurslarda o‘qitish tizimi joriy etiladi.

 

2024–2026 yillarda xalqaro festivallar, forumlar va respublika darajasidagi madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkaziladi.

 

Bundan tashqari, quyidagilar ishlab chiqiladi:

 

  • madaniyat markazlari va ko‘zi ojizlar uchun adabiyotlarni buyurtma asosida yetkazishga mo‘ljallangan axborot tizimlari, aholiga audiovizual asarlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan maxsus video platforma;

  • yoshlarga milliy musiqa cholg‘ulari to‘g‘risida dastlabki taʼlimni berishga mo‘ljallangan “Cholg‘u.uz” mobil ilovasi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика