1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda

"Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda. 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab sinov tariqasida ishga tushirilayotgan platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

 

  • sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;

 

  • respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;

 

  • yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;

 

  • avtobus, avia va temiryo‘l chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;

 

  • xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

 

  • turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика