1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mingtadan ortiq xonadoni bo‘lgan mahalla raisi 4,1 mln oylik oladi

Endi raislarga mahalladagi xonadonlar soniga qarab maosh belgilanadi.

Mingtadan ortiq xonadoni bo‘lgan mahalla raisi 4,1 mln oylik oladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022-yil 1-maydan boshlab mahalla raislarining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

 

– xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming so‘m) miqdorida;

– xonadonlar soni 501 tadan 1000 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming so‘m) miqdorida;

– xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 110 ming so‘m) miqdorida.

 

Shuningdek, faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, mahalla raislarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика