1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyev BAA Vitse-prezidenti va valiahdiga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari ularni ushbu yangi tayinlovlar bilan qutlagan.

Mirziyoyev BAA Vitse-prezidenti va valiahdiga tabrik yo‘lladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon hamda Abu-Dabi amirligi Valiahdi etib tayinlangan Shayx Holid bin Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabriklar yo‘lladi.

 

Davlatimiz rahbari ularni ushbu yangi tayinlovlar bilan samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi. Birodar Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq va taraqqiyot tiladi.

 

Maktublarda birgalikdagi intilishlar va qatʼiy saʼy-harakatlar tufayli oxirgi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida qaror topgan keng qamrovli aloqalar o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика