1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi — foto

Davlat rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy taʼziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi — foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

 

 

 

 

O‘zbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda Prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi bo‘lgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini alohida taʼkidladi.

 

 

 

Kuni kecha O‘zbekiston Prezidenti Eronning Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik maktubi yo‘llagan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика