1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

Uchrashuv Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etildi.

Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassirni qabul qildi.

 

Yangi o‘rta muddatli sheriklik dasturi doirasida Bank guruhi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

 

Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qamrab olgan holda 1,3 milliard dollardan oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Forum doirasida qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan umumiy qiymati 400 million dollarlik bitimlar imzolandi.

 

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik va xususiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy vositalarni takomillashtirish, Bank tuzilmalarini loyiha ishlariga faol jalb qilish borasida aniq loyihalarni ilgari surish, shuningdek, mamlakatimizning JSTga qo‘shilishi va innovatsion ekotizimni yaratish masalalarida texnik ko‘makni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика