1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidentini qabul qilmoqda

Aytilishicha, bankning O‘zbekistonga investitsiyalari hajmi 10 milliard dollarga yetgan.

Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidentini qabul qilmoqda

 

Ayni paytda O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerdeni qabul qilmoqda.

 

Kun tartibidagi masalalar - kambag‘allikka qarshi kurashish, energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish, davlat korxonalarini xususiylashtirish sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va hokazo.

 

Taʼkidlash joizki, Jahon banki ishtirokidagi amaldagi loyihalar portfeli keyingi bir necha yilda 2 barobar ko‘paygan. Umuman, bankning O‘zbekistonga investitsiyalari hajmi 10 milliard dollarga yetgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика