O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi.
Bugun davlatimiz rahbari Prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.
Shuningdek, joriy haftada Prezidentimiz III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 22 aprelda qisqa muddatli taʼtilga chiqqandi.


