Misr hukumati havo harakati yopilgani tufayli o‘z yurtiga qayta olmayotgan sayyohlarning mehmonxonada tekinga turishiga ruxsat berdi.
Bu haqda "Vestnik ATOR" xabar bermoqda.
Qaror Misr turizm va qadimiy narsalar vazirligi tomondan qabul qilindi. Xurgada va Sharm-el-Sheyx mehmonxonalariga qaytish resi bekor qilingan sayyohlarga tekinga xizmat qilish tayinlandi.
Maʼlumot uchun, Misr pandemiyadan so‘ng sayyohlarga elektron viza berish tartibini tiklagan.


