1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Misr Rossiyaga qurol yetkazishni to'xtatdi — OAV

Buning o'rniga mamlakat Ukraina uchun artilleriya oʻq-dorilarini ishlab chiqarishga qaror qildi.

Misr Rossiyaga qurol yetkazishni to'xtatdi — OAV

 

Misr oʻtgan oy AQShning yuqori martabali amaldorlari bilan muzokaralardan soʻng Rossiya raketalarini yashirin yetkazib berish rejasini toʻxtatdi va Ukraina uchun artilleriya oʻq-dorilarini ishlab chiqarishga qaror qildi. Bu haqda "The Washington Post" nashri xabar bermoqda.

 

Avvalroq, nashr Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining fevral oyida Rossiyaga bir nechta raketa tashuvchilarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 40 ming donagacha 122 mmli "Sakr-45" raketalarini taqdim etish haqidagi maxfiy sxemasini fosh etgan yana bir hujjat haqida xabar bergan edi. Aytilishicha, u o‘z qo‘l ostidagilarga “G‘arb bilan muammolarga duch kelmaslik uchun” loyihani sir saqlashni buyurgan.

 

Biroq AQSh razvedkasining beshta “sizib ketgan” hujjatiga ko‘ra, Misr Rossiya bilan uzoq yillik diplomatik va harbiy aloqalarga ega bo‘lishiga qaramay, mart oyi boshida Moskvaga ta’minot berish rejasidan voz kechgan. Misr o'nlab yillar davomida Amerikaning Yaqin Sharqdagi asosiy ittifoqchisi bo'lib kelgan va har yili AQShdan 1 milliard dollardan ortiq harbiy yordam oladi.

 

Hujjatlarda aytilishicha, Misr Moskva kelishuvini keyinga qoldirgan va AQShning 152 mm va 155 mm artilleriya snaryadlarini Ukrainaga topshirish uchun sotishni ma'qullagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика