Qizil dengizda suzib ketayotgan Sea Story yaxtasi cho‘kib ketdi, uning bortida 31 yo‘lovchi va 14 ekipaj aʼzosi bo‘lgan. 28 kishi qutqarilgan, yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqida Misr rasmiylari tomonidan eʼlon qilingan xabarda so‘z boradi.
Yaxta kecha G‘olib portidan chiqib ketgan, juma kuni esa Hurgadaga yetib kelishi kerak bo‘lgan. Bugun erta tongda ekipaj halokat signalini yuborgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.


