1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Misrda sayyohlar bo‘lgan yaxta yonib ketdi

Hodisa oqibatida kamida uch nafar britaniyalik sayyoh bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

Misrda sayyohlar bo‘lgan yaxta yonib ketdi

 

Yakshanba kuni Misr qirg‘oqlari yaqinida Qizil dengizda sayyohlik kemasi bortida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi TASS.

 

Unga ko‘ra, qayiq bortida 29 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlardir. Marsa-Alyam kurorti yaqinidagi dengizda yong‘in sodir bo‘lgan, qutqaruv xizmatlari darhol qayiq tomon yo‘l olgan.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, bortdagi barcha sayyohlar va ekipaj aʼzolari qutqarilib, qirg‘oqqa olib chiqildi, jabrlanganlar yo‘q.

 

Shu bilan birga, Al Arabiya telekanali hozirda kamida uch nafar britaniyalik sayyoh bedarak yo‘qolganligini haqida xabar beryapti. Misr va Buyuk Britaniya rasmiylari bu maʼlumotga hozircha izoh bermagan.

 

Yong‘inga nima sabab bo‘lgani nomaʼlum.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика