1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Misrdan gepatit С ga qarshi dori vositalari Toshkentga yetib keldi

Ular O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan.

Misrdan gepatit С ga qarshi dori vositalari Toshkentga yetib keldi

 

Kecha, 23-sentyabr kuni Uzbekistan Airways kompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan 6240 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining o‘n beshinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi.

 

Ushbu dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar o‘rtasida taqsimlanadi.

 

Qayd etilishicha, Misr gepatit “V” va “C” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ etilgan bo‘lib, Misr olimlari  yaratilgan maxsus diagnostika apparatlari va orttirilgan tajribani o‘zbek mutaxassislari bilan baham ko‘rishga tayyor.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика