Brokkoli
Ushbu mahsulot yangi miya hujayralarini paydo qilishda ahamiyatli xolin deb nomlanuvchi B4 vitamini, xotira hamda miyaning kognitiv vazifasini yaxshilaydigan K vitaminini ham o‘z ichiga oladi.
Haftasiga 3 marta brokkoli isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.
Grek yong‘og‘i
Barcha yong‘oq va pistalar miya neyronlari uchun foydali, lekin grek yong‘og‘i bu borada hammasidan ham yetakchi hisoblanadi. Ushbu mahsulot turli foydali yog‘ kislotalari, xususan, omega-3 va omega-6, shuningdek, F va B6 vitaminining koni sanaladi.
Grek yong‘og‘ini meʼyorini oshirmagan holda kuniga 5 donadan isteʼmol qilish kerak.
Zarchava (kurkuma)
Zarchavani kundalik isteʼmol qilish natijasida miya faoliyati yaxshilanadi, aql charxlanadi. Zarchava tarkibida Alsgeymer kasalligi xavfining oldini oluvchi va miya neyronlarini yallig‘lanishdan saqlovchi modda bor. Zarchavani go‘shtli taomlar, garnir va issiq sutga qo‘shib isteʼmol qilish mumkin.
Losos
Ushbu baliq miya faoliyatida ahamiyatli bo‘lgan ko‘p miqdordagi yodni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari losos omega-3 ga boy mahsulot hisoblanadi.
Agar uni haftasiga 3-4 marta 100 grammdan isteʼmol qilinsa, kishining atrofdagi voqea-hodisalarga reaksiya qilishi tezlashadi.
Pomidor
Pomidorda miya uchun zarur bo‘lgan kuchli antioksidant — likopin mavjud. likopin miyadagi neyronlarni kislorod bilan taʼminlab, qon aylanishini yaxshilaydi, tromb kelib chiqishi hamda insult xavfining oldini oladi. Shu sabab nonushtaga pomidor qo‘shib omlet, tushlikka salat, kechki ovqatga esa zapekanka” tayyorlash tavsiya qilinadi.
Ko‘k choy
Ko‘k choy tarkibida aql susayishiga qarshi samarali bo‘lgan polifenol mavjud. Kuniga ikki finjon ko‘k choy ichish Parkinson kasalligining oldini oladi, xotira yaxshilanishi va diqqat oshishiga sababchi bo‘ladi.
Qora shokolad
Ikki qoshiq kakao kukunida qizil vino va ko‘k choydan ko‘p miqdorda antioksidantlar mavjud. Qora shokoladda miyada qon aylanishini yaxshilovchi flavanol, shuningdek, aqliy faoliyatni oshiradigan kofein mavjud. Shu bois qora shokolad yeyish va kakao isteʼmol qilish maslahat beriladi.
Qorag‘at
Qorag‘at miya faoliyati uchun muhim bo‘lgan flavonoidlarga boy. Mutaxassislar kuniga bir stakandan qorag‘at yeyishni maslahat beradi.
Kinoa
1 stakan kinoada qonni kislorod bilan taʼminlovchi, miya faoliyatini yaxshilaydigan 15 foiz temir moddasi mujassam. Shuningdek, konsentratsiyani yaxshilaydigan va asab tizimini barqarorlashtiradigan B guruhi vitaminlari ham mavjud.
Ismaloq
Ushbu ko‘katda miya hujayralari parchalanishiga to‘sqinlik qiladigan antioksidantlar, ko‘plab minerallar, E va K vitaminlari mavjud.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi


