Seshanba kuni insayder Fabritsio Romano Federiko Redondoning transferini tasdiqladi. Ammo, bu vaqtga kelib Yevropada transfer oynasi allaqachon yopilib bo'lgandi. Biroq, futbolchi AQSh klubiga ko'chib o'tdi. Yanayam aniqlashtiradigan bo'lsak, Redondo "Inter Mayami" jamoasi a'zosiga aylandi. Bir yil avval “Real Madrid”da o‘ynash orzusi haqida gapirgan Argentinaning asosiy iqtidorlaridan biri birdaniga butunlay boshqacha qarorga kelib qoldi. Madridliklar ham futbolchiga kuzda jiddiy qiziqish bildirishgandi.
Federiko Redondo chinakam futbolchi oilasida tug'ilgan. Otasi Fernando 90-yillarda ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan va "Real Madrid"ni hayratga solgan. Futbolchining o'zi akasi Argentinaning “Tigre” jamoasida, bobosi “Nyuells Old Boyz”da o‘ynagani, amakivachchasi esa yozda “Selta”ni tark etib, Meksikaning "Atlas" jamoasiga yo‘l olgani haqida gapirgan.
Kichik Redondo otasidan nafaqat pozitsiyani, balki futbolning nozik tomonlarini ham jiddiy o'rgandi. Uning o'ziga xosligi o'yinni tushunishda ajoyib kombinatsiyalarni yarata olishida. Redondo keng yelkali, baland bo‘yli va baquvvat bo‘lib, aql bilan o'ynashni yoqtiradi.
Aynan shu kombinatsiya mudofaa pozitsiyasida muvaffaqiyat va tez o'sishga olib keldi. Xaver Maskerano 2022-yilning iyul oyida Argentina terma jamoasidagi debyutidan oldin ham uni U-20 terma jamoasiga chaqira boshlagan. Kattalar futbolidagi debyut uchrashuvlarida Redondo o'zining barcha eng yaxshi fazilatlarini namoyish etdi va bir oydan keyin u tez-tez asosiy tarkibda paydo bo'ldi.
Iste'dodning karerasidagi juda muhim bosqich o'tgan yilning may oyida bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionati bo'lib, u yerda Federiko ajoyib harakatlari bilan kuchli futbol mutaxassislarining e'tiboriga tushdi.
Shu boisdan ham jahon chempionatidan bir oz o'tgach, omma e'tiborini argentinalikka qaratganida, Serxio Buskets bilan taqqoslashlar boshlandi. Federiko butunlay boshqacha jismoniy xususiyatlarga ega bo'lmasligi mumkin, lekin u xuddi shunday harakat qiladi. Mana shu jihatlar taqqoslashlarga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Balki, Federiko AQShga “Barselona” afsonalaridan futbolning nozik jihatlarini o'rganish uchun kelgandir. Nima bo'lgan taqdirda ham uni Messi bilan bog'liq muxlislik rishtasi ham jamoaga tortgan bo'lishi mumkin.


