1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Moda–2023:  Ayollar yangi yilda nima kiyadi?

Yangi yil kirib kelishi bir oy vaqt boru, ammo ayollar hozirdanoq keyingi yil nima kiyishi, qanday stilda yurishni o‘ylashni boshlagan.

Moda–2023:  Ayollar yangi yilda nima kiyadi?

 

Bu mushkulni oson qilish uchun bugun jahonning yetakchi stilistlaridan maslahatlarni jamlaganmiz. Birio‘la 2023 yilda nimalar urfga kirishini ham aytib o‘tamiz.


 
Moda daholari har doimgidek bizga bir qancha tanlov imkoniyatini berib qo‘ygan: kiyim urfidan tortib uning rangigacha. Moda mutaxassislari hammadan ajralib turish uchun eng zamoanviy uslublarni ilgari surmoqda.

 

“Preppi” uslubi. Bu uslub ko‘proq yoshlarga mos tushadi, yoshi kattaroq ayollarga esa preppi uslubining alohida elementlarini garderobiga kiritish tavsiya qilinadi.  Preppi uslubi elita kollejlarga o‘qishga kirishga tayyorlanayotgan yoshlardan tarqalgan. Bu ish va smart casual uslubiuyg‘unligidir.

Granj uslubi. Bu uslubning o‘ziga xosligi uning barcha moda qonunlarini inkor qilishidadir. Bunday uslub egalari bir qarashda o‘zaro uyg‘unlashmaydigan buyumlarni ham uyg‘unlashtira oladiganlardir. Bu yengillik, erkinlik va boshqalardan ajralib turishni istovchilarga mos tushadi. afis ko‘ylaklar va qo‘pol oyoq kiyimi, uzun va keng futbolka va mini shu uslubga misol bo‘la oladi.

 

Endi keyingi yilda urf bo‘ladigan ranglarga o‘tamiz.  Bu palitradan foydalanib, hozirgi uslubingizni ham zamonaviylashtirishingiz mumkin.

 

Qizil, pushti, ko‘k, binafsha, sariq va sabzirang. Moda mutaxassislari bu ranglar uyg‘unligiga nafaqat yozda, balki fasllararo davrda ham murojaat qilish mumkinligini aytmoqda. 

 

Jigarrang. Bu rang ayollarga xos elegant obrazlar yaratishda qo‘l keladi. Ayniqsa kuzgi obrazlarga mos tushadi. 

 

Kulrang. Bu bazaviy rang odatiy ish kunlari kiyish yoki yaltiroq variantda bazmlar uchun obraz yaratishga mo‘ljallangan. Stilistlar kulrangdan total-luklarda ham, yorqin aksent bilan birgalikda foydalanib tajriba o‘tkazishdan ham qo‘rqmaslik kerakligini aytmoqda.

 

Qora. 2023 yilda yorqin ranglar urfda bo‘lsada, total qora obrazlarni ham unutmaymiz. Qora rangli liboslarda tikilish uslubi bilan tajriyua o‘tkazish mumkin. 

 

Havorang va yashil. Bu ranglar mavsum mast-xevi sanaladi. Bu ikki rangdan turli uslublarda foydalanish mumkin. 

 

2023-yilda urfga kiradigan yangi uslublar va ranglar haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz, keyingi maqolalarimizda moda olamining boshqa sirlari bilan ham bo‘lishamiz. 


Hozircha esa maqolani dugonalaringiz bilan ham bo‘lishing.

 

Sharofat Mahmudova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика