1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Moderna raqobatchilarini sudga berdi

U Pfizer va BioNTech‘ni texnologiyalarni noqonuniy o‘zlashtirishda aybladi.

Moderna raqobatchilarini sudga berdi

 

AQSHning Moderna farmatsevtik kompaniyasi Pfizer va BioNTech‘ni sudga berdi. Ushbu kompaniyalar koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish texnologiyasini o‘g‘irlashda ayblangan.

 

Moderna shu orqali o‘zi ixtiro qilgan mRNA texnologik platformasini himoya qilmoqchi. Unga milliardlab dollar investitsiya kiritilgani va bu platforma pandemiyadan ancha oldin patentlangani aytilmoqda.

 

“Biz Pfizer va BioNTech Moderna ixtirosini noqonuniy o‘zlashtirgan va hamon bizning ruxsatimizsiz foydalanishda davom etmoqda”, – degan kompaniya yuristi Shennon Klinger.

 

Daʼvo Massachusets shtati va Germaniya (aynan shu yerda BioNTech shtab-kvartirasi joylashgan)dagi sudga kiritilgan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика