1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Mo‘g‘ulistonda 60 tonna gaz portlab ketdi

Yong‘inni o‘chirish uchun 600 dan ortiq xodim jalb qilingan.

Mo‘g‘ulistonda 60 tonna gaz portlab ketdi

 

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda 60 tonnalik gaz tashuvchi transport portlab ketdi. Bu haqda mahalliy xabarlar xabar bermoqda.

 

Portlash oqibatida hudud yaqinidagi bozor va 30 dan ortiq mashinalar yonib ketgan. Yong‘in oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana o‘nga yaqin odam jarohatlandi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 62 xonadondan 178 nafar fuqaroga moddiy va jismoniy zarar yetgan. 600 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 100 ta texnika jalb qilingach yong‘in bartaraf etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика