"Moskva-Samarqand" yo‘nalishidagi SU1874 aviareysi Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi.
Maʼlum qilinishicha, bunga Samarqand aeroporti aerodromi yo‘lagi qordan tozalanmaganligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni Samarqand aeroporti noqulay ob-havo tufayli samolyotlar parvozi uchun vaqtincha yopilgandi. Aerodromini qoplab olgan qalin qor aviaparvozlar uchishi va qo‘nishi uchun aerodrom yo‘lagi holati vaqtincha yopilishiga olib kelgan.


