Rossiya poytaxti g‘arbida qurilish ishlari olib borilayotganda 10 dan ortiq odam skeleti topildi.
Moskva prokuraturasi maʼlumotlariga ko‘ra, 3,5 metr chuqurlikdan 10 kishining bosh suyagi va parchalari topilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga tayanilsa, tana aʼzolari qoldiqlari taxminan 20-30 yil yerostida yotgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Protsessual tekshiruvning borishi va natijalari Nikulin tumanlararo prokuraturasi nazoratida.


