1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Moskvadagi reydda 426 nafar migrant qo‘lga olindi

Ular tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga olib ketilgan.

Moskvadagi reydda 426 nafar migrant qo‘lga olindi

 

Moskvadagi “Prins Plaza” savdo markazida o‘tkazilgan reyd davomida 426 nafar migrant qo‘lga olindi. Savdo markazida o‘tkazilgan reyd davomida, Rossiya Federatsiyasida noqonuniy yashayotgan 426 nafar migrant aniqlanib, ular tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga olib ketilgan.

 

Shuningdek, “Prins Plaza”da migratsiya hujjatlari va chegaradan o‘tish shtamplarini soxtalashtirish bo‘yicha faoliyat olib borgan butun boshli laboratoriya ham aniqlangan.

 

Ta’kidlanishicha, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Moskva viloyatida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, ko‘cha savdosi, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi qator sohalarda patent bo‘yicha ishlaydigan xorijiy fuqarolarning mehnatidan foydalanishga cheklovlar joriy etildi. Bunday chora-tadbirlar qonunbuzarliklar sonini kamaytirish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика