“Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan Buxoroga uchgan samolyoti tuman sababli Navoiyga yo‘naltirildi.
Bu haqda "Novosti Tashkentskogo neba" Telegram-kanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, aviakompaniyaning bugun, 5-noyabr kuni Sheremetyevo aeroportidan Buxoroga uchgan SU1876 reysi aeroportga qo‘na olmay, Navoiyga yo‘naltirilgan.


