1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi

Bortda mast yo‘lovchi zo‘ravonlik qilgan.

Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga favqulodda qo‘ndi

 

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining AFL236 yo‘lovchi reysi Moskvadan Goa yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan vaqtida mast holatda zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi sabab Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ekipaj samolyot bortiga militsiya xodimlarini so‘ragan.

 

Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Zo‘ravon yo‘lovchi reysdan olindi. Yaqin soatlarda havo kemasi Urganchdan manzil aeroportiga parvozini davom ettiradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика