1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

"Uzbekistan airports" buning sababini maʼlum qildi.

Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

 

​​Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi, deya xabar berdi Uzbekistan airports.

 

“Aeroflot” aviakompaniyasining Dehli — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

 

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

 

Qo‘nishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. Ekipaj yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi.

 

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика