Ertalab Moskva viloyati aholisi havo hujumidan mudofaa tizimining ishlashi tufayli portlash tovushlarini eshitishgan. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
"Bugun ertalab Moskva viloyatining ayrim tumanlari aholisi portlash tovushlarini eshitishdi — bu bizning havo mudofaasi. Moskvaga yaqinlashayotganda bir nechta uchuvchisiz samolyotlar urib tushirildi", — deb yozdi gubernator o'zining Telegram-kanalida.
Vorobyov, shuningdek, aholidan xotirjamlikni saqlashni so‘rab, hozirda barcha favqulodda xizmatlar ishlayotganini ma'lum qildi.


