18-avgustga o‘tar kechasi Moskva va Moskva viloyati aholisi portlash ovozlarini eshitishgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishmoqda.
Ta'kidlanishicha, portlash Moskva-Siti minoralaridan birida sodir bo'lgan. Portlashdan bir necha soniya oldin guvohlar uchib ketayotgan dronni ko‘rgan.
TASS axborot agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib, Moskva markazidagi Expocentre pavilyonlaridan biriga qisman shikast yetganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari uchuvchisiz dronlarni urib tushirgan. Va Vnukovo aeroportida bir nechta reyslar kechiktirildi.


