1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, «Milliy tiklanish» va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

 

 

Markaziy saylov komissiyasi 14 avgust kuni O‘zbekistondagi beshta siyosiy partiyaga oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etishga ruxsat berdi.

 

Komissiyaning shanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Ekologik partiyasi, XDP, O‘zLiDeP, «Milliy tiklanish» va “Adolat” partiyalarining O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni so‘rab taqdim qilgan hujjatlari ko‘rib chiqildi.

 

MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, partiyalar tomonidan belgilangan muddatda Saylov kodeksida nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilgan. Shundan kelib chiqib, komissiya aʼzolari bir ovozdan saylovda ishtirok etish uchun ijozat berish to‘g‘risidagi qarorlarni maʼqullab ovoz berishdi.

 

Endi siyosiy partiyalar MSKga O‘zbekiston prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib ariza bilan murojaat etishi mumkin.

 

Saylov kodeksiga ko‘ra, siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi, ish va yashash joyi, partiyaviyligi ko‘rsatilgan bayonnomasi, nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi, nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari ham topshiriladi.

 

Shuningdek, siyosiy partiya MSKda o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun, O‘zbekistondagi jami saylovchilar umumiy sonining kamida bir foizining imzosi bilan imzo varaqalarini taqdim etishi kerak bo‘ladi.

 

Maʼlumot o‘rnida, 5 ta siyosiy partiya prezident sayloviga o‘z nomzodlarini eʼlon qilishdi:

 

  • Ekologik partiyadan — Narzullo Oblomurodov;

  • “Adolat” partiyasidan — Bahrom Abduhalimov;

  • «Milliy tiklanish» partiyasidan — Alisher Qodirov;

  • Xalq demokratik partiyasidan — Maqsuda Varisova;

  • O‘zLiDeP partiyasidan — Shavkat Mirziyoyev.

 

Eslatib o‘tamiz, endilikda ushbu nomzodlar partiyalar qurultoyi tomonidan tasdiqlanishi va MSKga tegishli hujjatlar yuborilishi lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика