1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Muammoni hal qilish uchun uchrashgan yigitlar vaziyatni kechkinlashtirdi

Namangan viloyati Norin tumanidagi oshxonalarning birida pichoqbozlik sodir bo‘ldi.

Muammoni hal qilish uchun uchrashgan yigitlar vaziyatni kechkinlashtirdi

 

Namangan viloyati Norin tumanidagi oshxonalarning birida pichoqbozlik sodir bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, Norin va Uychi tumanlarida yashovchi ikki fuqaro telefon orqali suhbatlashayotganda o‘zaro tortishib qolgan. Shuningdek, muammoni hal qilish maqsadida Norin tumanidagi oshxonalarning birida ko‘rishishga kelishib olgan.

 

Uchrashuv vaqtida har ikki tomondan ham sheriklar yetib kelib, vaziyat keskin tus olishiga sabab bo‘lgan. Ular orasida ikki nafar voyaga yetmagan bola ham borligi aytilmoqda. Shu bilan birga, janjal qarnashchilaridan biri yonida olib yurgan pichoq bilan boshqasiga tan jarohati yetkazgan.

 

Holat yuzasidan bir nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi va 277-moddasi “b”,«v» bandlari bilan hamda to‘rt nafar fuqaroga nisbatan 277-moddasi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir nafar fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qolgan hodisa ishtirokchilariga ham tegishli tartibda choralar ko‘rilgan.

 

Tekshiruv harakatlari davomida hodisa sodir bo‘lgan joyda bir dona pichoq, bir dona qo‘lbola usulda tayyorlangan bita daliliy ashyo sifatida olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика