1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi: Eron dronlari O‘zbekistonda yig‘ilmaydi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi ham rasmiy bayonot bilan chiqqan.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi: Eron dronlari O‘zbekistonda yig‘ilmaydi

 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi baʼzi bir ommaviy-axborot vositalarida tarqatilayotgan, go‘yoki O‘zbekiston Ukrainadagi harbiy xarakatlarda qo‘llanilayotgan eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarining (jangovar dronlar) ishlab chiqarish (yig‘ish) maydoni ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni qatʼiy inkor etadi.
 

Shu bilan birga, taʼkidlash joizki O‘zbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqarmaganligini va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotganini maʼlum qiladi.

 

Shu munosabat bilan,   Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik eʼtiborini yolg‘on maʼlumotlar bilan chalg‘itishi hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlariga salbiy taʼsir ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi.
 

Internet tarmog‘ida ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusi tarqalib, go‘yoki unda Eronning uchuvchisiz uchoqlari (dron) O‘zbekiston hududida yig‘ilayotgani to‘g‘risida yolg‘on maʼlumotlar keltirilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va o‘z hududida Eron harbiy texnikasini yig‘maydi.

 

Shu bilan birga, hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yig‘ish” masalasi bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushmagan.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика