1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Muftiy Islomiy fiqh akademiyasiga aʼzo bo‘ldi

Bu haqda Saudiyada o‘tgan yig‘ilishda eʼlon qilindi.

Muftiy Islomiy fiqh akademiyasiga aʼzo bo‘ldi

20 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash aʼzoligiga qabul qilinganlari eʼlon qilindi.

 

Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya aʼzoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi.

 

Unda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, O‘zbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.

 

Taʼkidlanishicha, shu paytga qadar ham Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Xalqaro musulmon ulamolari kengashi va Musulmon donishmandlar kengashi aʼzosi sifatida nufuzli tadbirlardagi tashabbuslari musulmon dunyosi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика