1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Muqimiy ko‘chasi bir oyga qisman yopib qo‘yildi

U yerda tarmoq quvurlarini o‘tkazish bo'yicha ishlar olib boriladi.

Muqimiy ko‘chasi bir oyga qisman yopib qo‘yildi

 

Toshkentdagi Muqimiy ko‘chasi qariyb bir oyga qisman yopib qo‘yildi. Toshkent shahar Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi 10 sentabrdan 5 oktabrgacha yopilldi.

 

"Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi "isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari boshlangani"ni ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari quvurlarni ko‘chirishdan tashqari (har birining diametri 700 mm va umumiy uzunligi 1 km) zulfinlar va bazi uskunalar ham almashtiriladi.

 

Ish iste’molchilarga issiq suv ta’minotini cheklamasdan amalga oshiriladi. 11-15 sentyabr kunlari Muqimiy ko‘chasida issiq suvning bo‘lmasligi «Toshkent IEM»ning rejali to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика