Bugun, 26-iyun kuni professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi. 12 raundlik bahsda unga Ronni Rios raqiblik qildi.
Oxirgi raundda Ahmadaliyev ketma-ket zarbalardan keyin Riosni texnik nokaut holatiga tushirdi. Shundan so‘ng hakam jangni to‘xtatib, o‘zbekistonlik bokschini g‘olib deb e’lon qildi.
Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev 3-himoya jangida ham g‘alabaga erishdi.


