London universitet kolleji olimlari klassik musiqa inson ishtahasiga ta’sir qilishi mumkinligini aniqladilar.
Eksperiment davomida olimlar restoran tashrifchilari orasida ovqatlanish odatlari va fonda chalinayotgan musiqa turi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandilar. Ularning kuzatuvlariga ko‘ra, klassik musiqa eshitgan insonlar yog‘siz va kam kaloriyali ovqatlarni tanlashga moyil bo‘lgan, shu bilan birga, jazz, rap yoki rok kabi jonli va ritmik musiqalar esa aksincha, ishtahani kuchaytirib, yog‘li va yuqori kaloriyali taomlarni iste’mol qilish ehtimolini oshirgan.
Mutaxassislarning fikricha, sekin templi klassik musiqa miyaning ochlik hissi bilan bog‘liq qismlarining faolligini pasaytirishi mumkin. Biroq, bu nazariyani yanada chuqurroq o‘rganish va tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.
Tadqiqotchilar bu natijalarning ovqatlanish odatlarini boshqarish va sog‘lom ovqatlanish strategiyalarini ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.


