1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Musiqachilarimiz smoking o‘rniga zirhli jilet kiyishadi"

Zelenskiy “Gremmi” mukofotlarini topshirish marosimida chiqish qildi.

"Musiqachilarimiz smoking o‘rniga zirhli jilet kiyishadi"

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy har yili o‘tkaziladigan 64-“Gremmi” mukofotlarini topshirish marosimi mehmonlari va tomoshabinlariga murojaat qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

U tinglovchilarni har fursatda Ukrainadagi urush haqidagi haqiqatni aytishga chaqirdi. 

 

"Vayron qilingan shaharlar va o‘ldirilgan odamlarning sukunati. Bolalarimiz yulduzlarni emas, uchar raketalarni chizishadi. Urush paytida 400 dan ortiq bola yaralandi, 153 nafari halok bo‘ldi", — dedi u murojaatida.

 

Zelenskiy zalda hozir bo‘lganlarning barchasini urush haqidagi haqiqatni aytishga va qo‘ldan kelgancha Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Keyin u ukrainalik musiqachilar hozir nima qilayotganini aytdi:

 

"Musiqachilarimiz smoking o‘rniga zirhli jilet kiyishadi. Ular kasalxonalarda yaradorlarga qo‘shiq aytishadi", — dedi Zelenskiy.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика