1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

Respublika bo‘ylab mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngilochar dasturlar shaklida o‘tkaziladi. Tadbirlarda niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyoti davom ettiriladi.

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda mustaqillik bayrami tadbirlarini o‘tkazish tartiblari belgilangani haqida maʼlum qildi.

 

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngilochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar maʼqullangan.

 

«Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni taʼminlashga masʼullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilar niqob taqishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni taʼminlash shartligi belgilandi. 

Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilishini so‘rab qoladi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика