1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Muzokaralar, “g‘alla kelishuvi” va safarbarlik yakunlanishi

Vladimir Putin matbuot anjumanidagi asosiy nuqtalar.

Muzokaralar, “g‘alla kelishuvi” va safarbarlik yakunlanishi

 

Kecha Sochida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Avvaliga Rossiya Prezidenti Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev bilan yakkama-yakka muloqot o‘tkazdi. Keyinchalik “Rus” sanatoriyasida uch tomonlama uchrashuv bo‘ldi.

 

Muzokaralardan so‘ng Vladimir Putin jurnalistlar oldida chiqish qilib qator muhim bayonotlarni berdi.

 

Uch tomonlama muzokaralar bo‘yicha

 

“Tinchlik shartnomasiga hozircha erishilmadi va bu yerda hozircha ushbu hujjat asoslari haqida gapirishga erta, nima bo‘lgan taqdirda ham bu o‘zaro manfaatli muzokaralar natijasi hisoblanadi”, – deb fikr bildirdi  Putin Armaniston-Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi to‘g‘risida.

 

Rossiya rahbari kelishuvni xotirjam, yopiq formatda o‘tkazishni, chunki ko‘tariladigan masalalar har ikki tomon uchun ham nozik ekanini taʼkidlagan. Bundan tashqari, u Boku va Yerevanga chegara delimitatsiya va demarkatsiyasi uchun zarur xaritalarni berishga tayyorligini aytgan.

 

 Safarbarlik yakunlangani bo‘yicha

 

“Ochig‘ini aytsam, bu haqda o‘ylab ko‘rmadim.  Safarbarlik yakunlangani to‘g‘risida farmon chiqarish kerakligi haqida yuristlar bilan gaplashaman. Ammo u tugagan. Nuqta qo‘yildi”, – degan Putin.

 

“G‘alla kelishuvi”ning kelajagi

 

Putin Rossiyaning “g‘alla kelishuvi”dan chiqmaganini, balki undagi ishtirokini to‘xtatganini maʼlum qilgan. shuningdek, u bunga sabab qilib gumanitar koridorga tug‘ilgan tahdidlarni ko‘rsatgan. RF rahbari bu koridordan Ukraina dronlari Qora dengiz flotiga hujum uyushtirganini iddao qilgan.

 

Putin Ukraina ushbu masala bo‘yicha BMT bilan ishlashi va kemalar xavfsizligiga kafolat berishi zarurligini aytgan.

 

Ukraina bilan tinchlik shartnomasi haqida

 

“Ukraina tomonida biz bilan gaplashish niyati yo‘q. Ammo bizning niyatimiz hammaga maʼlum va u o‘zgarmaydi. Muzokaralar stoliga oldindan shartlarni qo‘yish maqbul ish emas”, – degan janob Putin.

 

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика