1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Myunxenda iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyish o‘tkazildi

“Grinpis” tashkiloti faollari Myunxenda norozilik aksiyasi o‘tkazdi.

Myunxenda iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyish o‘tkazildi

 

 

Ayni kunlarda shaharda IAA Mobility avtomobil ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar hukumatdan iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda qatʼiy choralar ishlab chiqishni talab qilgan.

 

O‘z navbatida Germaniyaning yetakchi avtokonsernlari rahbarlari hukumatdan iqlimga taʼsir etmaydigan transport turlariga o‘tishda yordam so‘ragan.

 

Qayd etish lozimki, Myunxendagi ushbu ko‘rgazma koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri Germaniyada o‘tkazilayotgan  birinchi yirik tadbir bo‘ldi. Kansler Angela Merkel bu ko‘rgazmani “umid nishoni”, deb baholagan.

 

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика