Joriy yilning 11 may kuni soat 10:15 da Namangan shahar FVB Tezkor boshqarma markaziga “Ozod” MFYdagi xonadonda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish jangovar ekipaji jalb qilingan.
Maʼlum qilinishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


