1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Namanganda 1-sinf o‘quvchilari "qizartirildi"

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida uyga berilgan vazifani bajarmagan 1-sinf o‘quvchilarini doskaga chiqarib, ularni izza qilinayotgani aks etgan video tarqaldi.

Namanganda 1-sinf o‘quvchilari "qizartirildi"

 

Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganilgan. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 1-“v” sinf rahbari Shahnoza Madrahimova o‘qish darsi paytida sinfdagi 6 nafar o‘quvchi uy vazifasini tayyorlamagani ва daftarlari qolib ketgani sababli doskaga chiqargan. Bunday holat qaytarilmasligi ва boshqa o‘quvchilarga saboq bo‘lishi uchun ularga “uyat-uyat” deb gapirtirib, izza qildirgan. Bu jarayonlarni o‘zi uyali telefoniga tasvirga olgan. So‘ngra ikki nafar o‘quvchi ota-onasining Telegram‘iga jo‘natgan.

 

Sinf rahbari Shahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga ko‘ra, vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun taʼlim muassasasi direktori Oybek Mo‘ydinov, maʼnafiy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yashin Abdug'ofurovlarga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mahbuba Imomova jiddiy ogohlantirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика