1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar fosh bo‘ldi

Shuningdek, tezkor tadbirda 2 ta “yashirin ombor” aniqlangan.

Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar fosh bo‘ldi

Namangan viloyatida 15 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi shaxs davlat reyestridan o‘tmagan, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan, Xindiston davlatida ishlab chiqarilgan 2100 dona qutidagi “Ferromed” nomli dori vositasini “shartli” xaridorga 168 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham 4296 qutidagi “Ferromed” dori vositasi olingan.

 

Baholash hisobotiga ko‘ra, jami 6396 qutidagi dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 223 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³ -moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, Namangan shahrida qayd etilgan holatda dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ ombor mudiri va uning 2 nafar tanishiga qarashli 3 ta noturar bino ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 12,8 mlrd so‘mdan ortiq, 2307 turdagi, jami 195.323 dona kontrafakt dori vositalari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

 

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizalari tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, Namangan shahri va Uychi tumanidagi 2 ta “yashirin ombor”dan xorijda ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati 1,2 mlrd so‘mlik, 128 turdagi jami 45.641 dona dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

 

Taʼkidlanishicha, sifat sertifikatlariga ega bo‘lmagan ushbu dori vositalarining ayrimlarini yaroqlilik muddati o‘tgan.

 

Hozirda ushbu dori vositalari ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика