1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda 4 tup daraxtni kesgan fuqaro 2 yilga qamaldi

Shuningdek, ayblanuvchi 400 million so‘mga yaqin jarima ham to‘laydi

Namanganda 4 tup daraxtni kesgan fuqaro 2 yilga qamaldi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesgan B.M.ga hukm o‘qildi. Unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi va 326 850 000 so‘m zararni undirish belgilandi.


Qayd etilishicha, joriy yilning 2-mart kuni Namangan tumanida fuqaro B.M. tomonidan yoshi 100 yildan kam bo‘lgan 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxti kesib yuborilganligi va bu orqali o‘simlik dunyosiga 326 850 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. 

 

Natijada fuqaroning harakatlarida jinoyat alomatlari borligi sababli ish hujjatlariga huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan. Shuningdek, tuman prokuraturasi tomonidan B.M.ga oid ish hujjatlari o‘rganilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasining 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudiga yuboriladi.

 

Oqibatda ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, B.M.dan Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi foydasiga o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 326 850 000 so‘m zararni undirish belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика