Namangan viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 1 oktabr kuni soat 20:00 larda A-373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining 293 kilometrida Cobalt haydovchisi Toshkent — vodiy yo‘nalishida ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan, MTZ-80 rusumli traktorga borib urilgan.
Oqibatda, “Cobalt”da bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar, og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Pop tuman IIB TB tomonidan tergov qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB masʼullari tomonidan traktor haydovchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha qatʼiy nazorat qilinmoqda.


